Abdulla Qahhor tavalludining 115-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Abdulla Qahhor tavalludining 115-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

2022-yilning 17-sentyabr kuni Toshkent moliya institutida “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 115-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.






Abdulla Qahhor ijod muzeyida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bobur Bobomurod, “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nilufar Yunusova,   filologiya fanlari doktori Nishonboy Husanovlar Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi yuzasidan maʼruza qildilar.







Tadbir soʻngida Moliya fakultetining faol talabalari oʻzlari yozgan sheʼr va sahna koʻrinishlari bilan iqtidorlarini namoyon qilishdi. Mazmunli oʻtkazilgan ushbu tadbir talabalarda katta taasurot qoldirdi.

19:21 / 2022-09-17
Success helper
Success warning